Kontent qismiga oʻtish

Edirne-Segedin shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turi Tinchlik shartnomasi
Tayyorlangan kuni 144-yil 12-iyul—10-avgust
Imzolangan sanasi 1444-yil 15-avgust
Imzolangan joyi Segedin
Shartlari 10 yillik sulhga kelishildi.
Usmonlilar:
•100,000 oltin florin miqdorida tovon toʻlashi
•Serbiya va Albaniyaga ozodlik berishi
•Asirlarni ozod qilishi kerak boʻldi
Tomonlar

Edirne-Segedin shartnomasi — 1444-yilda Usmonlilar imperiyasi va Vengriya qirolligi oʻrtasida imzolangan tinchlik shartnomasi.

Papa Gabriele Condulmer John Hunyadi qoʻl ostidagi venger, serb, bosniyaliklar va Valaxiya quvvatlaridan tarkib topgan xristian birligini Murod II boshchiligidagi Usmonlilar imperiyasi qoʻshini ustiga yubordi. Birinchi tahminga koʻra, Karamanoğulları bekligining ham dastagini olgan ushbu xristian qoʻshinlari Niş jangida boʻlgani kabi birin-ketin gʻalabaga erishsa-da[1], Izladi Derbendde usmonlilar tomonidan magʻlubiyatga uchratildi. Yana boshqa tahminga koʻra, Usmonlilar Izladi Derbenddagi jangda magʻlub boʻlishdi. Ammo salibchilar Plovdiv tekisligiga tushdi, ogʻir qish sharoitlari, qirol Vladislav IIIning sabrsizligi, taʼminot yetishmasligi va Usmonlilarning qarshilik koʻrsatishi tufayli ular chekinishga majbur boʻldilar.

Boshqa bir fikrga koʻra, Usmonlilarning ogʻir yoʻqotishlari bilan birlikda oʻzlari ham katta talafot koʻrgan va Izladida tor-mor etilgan vengerlar qishki sharoitda chekinishga majbur boʻldilar, ammo kutilmagan bir voqea urushning borishini oʻzgartirdi. Dragomanda xristianlar qoʻshinini kuzatib borayotgan Usmonli qoʻshinlari pistirmaga tushib, magʻlubiyatga uchradi va sulton Murod IIning kuyovi, vazir Chandarli Halil poshoning ukasi Mahmud Bey asirga olindi. Bu voqea usmonlilarning ruhiy tushkunligiga sabab boʻldi va salibchilarning harbiy hujumini muvaffaqiyatli boʻlishga imkon berdi[2][3][4][5].

Shundan soʻng, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Albaniya va Rumeli kabi hududlarda kuchi zaiflashib qolgan Murod II yana bir salib yurishlaridan qoʻrqdi va vengerlar bilan shartnoma tuzishga harakat qildi va 1444-yil 12-iyunda tinchlik shartnomasini Edirneda imzolab, matnni Vengriya qiroliga joʻnatdi[6][7][8].

Vengriya qirolligi qiroli Władysław III ushbu shartnomani imzolashga rozi edi. Ammo papa va Vizantiya imperatori shartnomaga qarshi chiqdilar. Serb despoti va John Hunyadining talabiga binoan qirol Władysław III 1444-yil 12-iyulda Segedin shahrida shartnoma imzoladi[2][3][4][5].

Shartnomaning moddalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shartnomaning moddalari shulardan iboratdir:

  1. Bolgariyadagi Usmonlilar imperiyasi hokimiyati tan olindi.
  2. Serb despotliklari qaytadan qurildi va Usmonlilar imperiyasiga soliq toʻlaydigan boʻldi.
  3. Valaxiya bekligi Vengriya qirolligi hokimiyatida qolib, Usmonlilarga soliq toʻlaydigan booʻldi.
  4. Tuna daryosi tomonlar oʻrtasida chegara boʻldi.
  5. Shartnoma muddati 10 yil etib belgilandi.

Shartnomadan soʻngra

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu shartnomadan soʻng, sulton Murod II taxtdan voz kechdi va 12 yoshli oʻgʻli Mehmed II Fotih Usmonlilar imperiyasi taxtiga chiqdi. Ammo tinchlik muddati 6 oy ham davom etmadi. Salibchilar tahdidi ostida Murod II yana taxtga qaytishga majbur boʻldi. 1444-yil 10-oktabrda Usmonli imperiyasi va Vengriya oʻrtasida Varna jangi boʻlib oʻtdi va Usmonlilar toʻliq gʻalabaga erishdilar.

  1. Imber, Colin „Introduction“, . The Crusade of Varna, 1443–45. Aldershot, England; Burlington, VT: Ashgate Publishing, July 2006 — 9–31-bet. ISBN 978-0-7546-0144-9. Qaraldi: 2007-yil 19-aprel. 
  2. 2,0 2,1 Engel 1994, s. 246.
  3. 3,0 3,1 Ágoston, 2009 & Kramers 1993.
  4. 4,0 4,1 Imber 2006, s. 25.
  5. 5,0 5,1 Paganel 1855, s. 55—56.
  6. Kołodziejczyk 1998.
  7. Potkowski 1990, s. 163—164.
  8. Dąbrowski 1922, s. 153.